Rossiyalik olimlar laboratoriya sharoitida sun’iy go‘sht yaratishdi.

Bu haqda RIA Novostiga “Ochakov oziq-ovqat birikmalari kombinati” matbuot xizmati ma’lum qilgan. Bu boradagi tadqiqotlar ikki yil davom etgan. Huquqiy me’yoriy jihatlar hal etilishiga qarab, yetishtirilgan mazkur go‘sht 2023 yildan peshtaxtalarga chiqishi mumkin.
Kombinat tahlilchilari fikriga ko‘ra, chakana narxi 800 rubl bo‘luvchi sun’iy go‘sht inson uchun xavfli emas va tabiiy go‘shtga nisbatan uzoqroq saqlanadi.

 

O‘zA