Irlandiyaning Ookla kompaniyasi 2019-yil iyul oyi yakunlari boʻyicha Speedtest.net xizmati tomonidan tuzilgan, dunyodagi mobil va simli internet tezligi maʼlumotlari koʻrsatilgan Speedtest Global Index oylik reytingini eʼlon qildi.
Reyting maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston yana 4 pozitsiya yuqori koʻtarilib, belgilangan internet tezligi boʻyicha nisbatan ishonchli oʻsishni qayd etdi.
Masalan, mamlakatimizda simli internetning oʻrtacha tezligi 2018-yilning iyul oyidagi sekundiga 8,58 megabitdan 2019-yilning iyul oyida sekundiga 18,92 megabitga oʻsdi. Mamlakatimiz 177 mamlakat umumiy reytingida 112-oʻrinni egalladi.
Mobil internet tezligi boʻyicha esa Oʻzbekiston 4 pozitsiya pastga, 136-oʻringa tushib, yana oʻz pozitsiyalarini boy berdi. Bir yil mobaynida mobil internet tezligi mamlakatimizda deyarli oʻsmadi, reytingning boshqa ishtirokchi davlatlarida u oʻsishdan toʻxtagani yoʻq.
Speedtest.net xizmati oʻz ulanishlari tezligini tekshirish uchun xizmatdan foydalanadigan foydalanuvchilardan olingan oʻz maʼlumotlari asosida tezlikni aniqlaydi va reytingni shakllantiradi.
Roman BONDARCHUK, OʻzA