Nukusda o‘smirlar o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Futbol federatsiyasi, Yoshlar ittifoqi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada mezbonlar bilan birga, Namangan, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahridan 8 jamoa qatnashdi.
13.jpg

9.jpg
Musobaqada poytaxtlik futbolchilar g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi. Mezbon jamoa ikkinchi o‘rinni egalladi. Xorazm va Namangan viloyati vakillari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shuningdek, «Eng yaxshi darvozabon», «Eng yaxshi hujumchi», «Eng yaxshi himoyachi» nominatsiyalari bo‘yicha mahoratli o‘yinchilar aniqlandi.
Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA