3 aprel sanasining tarixga muhrlangan muhim voqealari
1829 yil. Angliyalik Jeyms Karrington kofe maydalagich uskunasi ixtirosi uchun patent oldi.

1879 yil. Sofiya – Bolgariyaning poytaxt shahri, deb e’lon qilindi.

1967 yil. Mashhur “Kavkaz asirasi yoki Shurikning yangi sarguzashtlari” kinofilmi namoyish premerasi bo‘lib o‘tdi.

1987 yil. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti binosida chekish taqiqlandi.

2004 yil. Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

2017 yil. Rossiyadagi Peterburg metropolitenida amalga oshirilgan terakt oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi.

Ushbu sanada dunyo hamjamiyatida “Xalqaro bazmlar kuni” (World Party Day) keng nishonlanadi. Quvnoq xarakterga ega bo‘lgan ushbu bayram muhim maqsadlarda tarixga muhrlangan. Bu kunda yoshlar ishtirokida “Urushga qarshimiz” shiori ostida turli ko‘rgazmalar, sayllar va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkaziladi. 1996 yil AQShda mazkur bayramning ilk tantanalari nishonlangan.

 

Zuhra Mirzaboeva, O‘zA