TAYINLOV

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi PF-5697-son Farmoniga muvofiq Bahromjon Turayevich Norkobilov Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi lavozimiga tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 martdagi “Veterinariya va chorvachilik sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5696-son Farmoni bilan Davlat veterinariya qoʻmitasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etildi.

 

OʻzA