Dmitriy Peskov: Moskva emas, aynan Vashington xalqaro kelishuvga zid tizimlardan foydalanib kelgan

AQSHning oʻrta va qisqa masofaga uchiriluvchi raketalarni yoʻq qilish boʻyicha xalqaro kelishuvda taqiqlangan raketalar sinovini oʻtkazishi Vashingtonning shu paytgacha qilgan ishidagi mantiqiy davom hisoblanadi.

REGNUM xabariga koʻra, Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga shunday fikrni aytgan. Unga koʻra, Moskva emas, aynan Vashington xalqaro kelishuvga zid tizimlardan foydalanib kelgan. “Shuning uchun bu holat vaziyatning mantiqiy davomi boʻladi”, dedi Peskov.

 

OʻzA