FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga qaraganda 14 mart kuni Toshkent vaqti bilan 02:33 (13.03.2019 da 21:32 Grinvich boʻyicha) Qozogʻistonda zilzila sodir boʻldi. Xabarda qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 4,3 ni tashkil etgan. Uning oʻchogʻi 10 km chuqurlikda qayd etildi.
Toshkentgacha masofa shimoliy-gʻarbiy yoʻnalish boʻyicha 28 kmni tashkil etdi.
Yer silkinishi magnitudasi Toshkentda 4 ball, Gulistonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, deb qayd etilgan xabarda.