Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir.
Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumaniga qarashli “Nazarxan” OFY hududida, Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtotrassasining boʻyidagi tepalikda yuzlab sochilayotgan sharsimon toshlarni koʻp marotaba koʻrsak ham lekin unga unchalik eʼtibor qaratavermaymiz. Dunyoning baʼzi davlatlarida shu kabi toshlarni ogʻzaki tilda “dinozavr tuxumlari” deyishadi.
Bu kabi toshlarni bejizga dinozavr tuxumiga qiyoslamaydi. Maʼlumotlarga koʻra, ularning yoshi 50-60 mln. yilni tashkil qiladi.
Fanda Moyeraki toshlari deb nom berilgan sharsimon toshlar geologik nuqtai nazardan olib qaraganda, kalsiy bilan okeanning minerallashgan tuzlarining hamda sozli toʻproqning birikishidan hosil boʻladi.
Nukusdan 30 km. olisda joylashgan Amudaryo tumanidagi ushbu toshlar Tetis ummoni esdaliklaridir. Million-million yillar avvallari ularning diametri 2-2,5 metr kattalikda boʻlgan. Vaqt oʻtishi bilan yemirilib, qobiqlarini yechib tashlab kela bergan. Hozirda bularning diametri 0,3-0,5 metrlar atrofida. Bu kabi sharsimon toshlar hozirda Yangi Zelandiya orollarida, Avstraliyada va Qozogʻistonning Manqishloq viloyatlarida ham uchrashadi va turistlarning sevimli obyektlariga aylangan.
Nazarxan OFY turgʻuni Ongarbay ogʻaning taʼkidlashicha, shunday sharsimon toshlar hududdagi boshqa joylarda ham koʻplab uchrashadi. Agar ushbu toshlarning tagi kovlansa, qozondek keladigan qobiqlari chiqadi. Mahalliy aholi esa u qobiqlarni uylarining fundamentiga foydalanish uchun qazib olmoqda.
Bahor kelishi bilan ushbu hududlar oʻziga xos ajoyib manzara hosil qiladi. Sayyohatga chiquvchilar toshlar qoshida selfiga tushadi. Nukuslik olim Yusup Kamalov esa kun ilishi bilan “dinozavr tuxumlari” sochilgan tepaliklarda deltaplanda uchishni xoʻsh koʻradi. Yoz oylarida esa yaqin joylardagi tuzli koʻllarda odamlar davolanish uchun tashrif buyuradi.
Afsuski, mana shunday ajoyib maskanlardan turistlik salohiyatni koʻtariщ maqsadida oqilona foydalanilmayapti.
Ye.Qanoatov, OʻzA