"Biz Gʻarb mamlakatlari yoʻl qoʻyayotgan xatolarni qilmasligimiz kerak”

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov turk nashri “Hurriyet”ga intervyusida Bashar Asad Suriyaning qonuniy Prezidenti ekanini aytib, Suriya bilan hamkorlikni saqlab qolish istagidagi mamlakatlar Asad bilan birga ishlashiga toʻgʻri kelishini taʼkidladi. 
“U sizga yoqadimi-yoʻqmi, shu davlatning yetakchisi. Uning xalqi, qurolli kuchlari va oʻz razvedkasi bor. Biz Gʻarb mamlakatlari yoʻl qoʻyayotgan xatolarni qilmasligimiz kerak”, deb taʼkidladi Peskov.

 

OʻzA