Olimlar: Yaqin 50 yil ichida xavfli asteroid Yer bilan toʻqnashishi mumkin

Yaqin 50 yil ichida “Apofis” asteroidi sayyoramiz bilan toʻqnashishi mumkin. Sankt-Peterburg universiteti olimlarining fikricha, aynan shu muddatda asteroid harakat trayektoriyasi Yer bilan kesishish ehtimoli bor. 
“Rossiya 24” ning qayd etishicha, universitet olimlari 2029 yilda osmon jismi sayyoramizga xavfli yaqin masofoda uchib oʻtishini taxmin qilmoqda. Bu Yer bilan Oy oʻrtasidagi masofadan 10 marta yaqindir.
Avvalroq, NASA mutaxassislari ham Yerning asteroid bilan toʻqnashuvi havfi haqida maʼlum qilishgan boʻlsada, ehtimoliy halokatning aniq muddatini muntazam oldinga surib kelishayotgan edi.
Maʼlumot oʻrnida “Apofis” asteroidining diametri 325 metrdan iborat. Ushbu osmon jismi 2004 yilda aniqlangan boʻlib, oʻshanda kashfiyot odamlar oʻrtasida katta sarosima keltirib chiqargan edi. Olimlar hisob-kitobiga koʻra, uning Yer bilan toʻqnashuv ehtimoli 2,7 foizni tashkil qiladi.

 

Malohat Husanova, OʻzA