Yilning eng yaxshi adliya boʻlimi va xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi 2018 yil yakunlariga koʻra “Yilning eng yaxshi adliya boʻlimi” va “Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominatsiyalari boʻyicha tanlov oʻtkazdi.

Ikki bosqichda oʻtkazilgan tanlov xizmat vazifalari va majburiyatlarini namunali bajarayotgan tuman (shahar) adliya boʻlimlari va adliya xodimlarining faoliyatini ragʻbatlantirishga qaratilgan. Birinchi bosqichda hududiy adliya boʻlimlari darajasida eng yaxshilar aniqlangan boʻlsa, ikkinchi bosqichda respublika miqyosida mutlaq gʻoliblar saralandi.

“Yilning eng yaxshi adliya xodimi” nominatsiyasida 1-oʻrin Namangan viloyati Ekspertiza boʻlimi boshligʻi Sardorbek Azizovga, 2-oʻrin Xorazm viloyati Ekspertiza boʻlimi boshligʻi Rahmon Sattorovga, 3-oʻrin esa Surxondaryo viloyati Ekspertiza boʻlimi yetakchi maslahatchisi Sayqalbek Allayorovga nasib etdi.

“Yilning eng yaxshi adliya boʻlimi” deb esa Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani adliya boʻlimi, Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya boʻlimi va Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani adliya boʻlimi eʼtirof etildi.

Gʻoliblar adliya vaziri tomonidan tasdiqlangan maxsus diplom va pul mukofotlari bilan ragʻbatlantirildi:

Eslatib oʻtamiz, ushbu tanlov anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib boriladi.

photo_2019-01-17_17-16-07.jpg

photo_2019-01-17_17-16-11.jpg

 

OʻzA