Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibidagi idoralar bugungi islohotlar jarayonida toʻlaqonli kuchga aylandimi?

Barcha davlatlarda Hukumat turli sohalardagi islohotlar ijrosi uchun javob beradigan organ hisoblanadi.
Hozirgi kunda Hukumat tarkibiga 160 dan ortiq idora va tashkilotlar kiradi, Bosh vazirning soha va tarmoqlar boʻyicha 8 nafar oʻrinbosari mavjud. Lekin Vazirlar Mahkamasi va uning tarkibidagi idoralar bugungi islohotlar jarayonida toʻlaqonli kuchga aylandimi? Bu savolga, afsuski, ijobiy javob berolmaymiz.
Vazirlar arzimagan masala boʻyicha ham Bosh vazir oldiga qatnaydi. Oqibatda Hukumat faqat kundalik masalalarni hal qiladigan tuzilmaga aylanib bormoqda, -dedi Prezident.

 

OʻzA