“Oʻzbekiston tarixi” kanali tashkil etiladi

Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida aytib oʻtdi.
Oʻzbekistonning shonli tarixini yangitdan, mukammal oʻrganish uchun ommaviy axborot vositalari, Internet resurslaridan keng foydalanish oʻta muhim ahamiyatga ega ekanini, oʻylaymanki, barchamiz yaxshi tushunamiz. Shu maqsadda MTRK kompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak – dedi Prezident oʻz nutqida.
Bundan tashqari, “Vatanimiz tarixidan lavhalar” turkumida muntazam ravishda ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar nashr etib borish maqsadga muvofiq, deb oʻylayman.
Prezident tarixni oʻrganish masallariga toʻxtalar ekan mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozimligini taʼkidladi.
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Murojaatnoma davom etmoqda.

 

OʻzA