2025-yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni 7 million nafarga yetadimi?

Davlatimiz rahbari Murojaatnomada turizmni rivojlantirish, sohaga investitsiyalar jalb etish, kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha kompleks choralar koʻrishimiz lozimligini aytdi.
Bizda turizm koʻpincha qadimiy shaharlarimiz, tarixiy-madaniy yodgorliklar doirasida cheklanib qolmoqda. Holbuki, mamlakatimizning betakror tabiati, milliy qoʻriqxonalar, togʻli hududlarda turizmni rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjud, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2019-2025-yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi. Shu asosda 2025-yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni 7 million nafarga yetishiga, turizm eksportidan keladigan daromad esa 2 milliard dollardan ziyod boʻlishiga erishish lozimligi taʼkidlandi.

 

OʻzA