Davlat soliq qoʻmitasiga rais tayinlandi

Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Musayev Behzod Anvarovich Davlat soliq qoʻmitasi raisi etib tayinlandi.
Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni koʻzlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir.
B.Musayev rahbarligida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq toʻlovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yoʻlidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda.

 

OʻzA