Bugun bir qator telekanallar efirga uzatilmaydi

xs.uz onlaynning Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tayanib maʼlum qilishicha, bugun Oʻzbekiston MTRK, shuningdek, “Zoʻr TV”, “Milliy TV”, “MY5”, “Sevimli TV”, “Futbol TV” kabi kanallar vaqtinchalik efirga uzatilmaydi.
Manbaning maʼlum qilishicha, bunga Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab boʻladi. Shu bois 26 dekabr kuni Oʻzbekistonning bir qator davlat va xususiy telekanallarini efirga uzatish vaqtinchalik toʻxtatib turiladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi.
“26 dekabr kuni soat 9:00 dan 14:00 gacha Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi dasturlari 26 va 38 televizion kanallarda tarqatiladi, “UZDIGITAL TV” MCHJ, “Uz Report”, “Zoʻr TV”, “Milliy TV”, “MY5”, “Sevimli TV”, “Futbol-TV” dasturlarini tarqatishda tanaffus boʻladi”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

 

OʻzA