“ProgressGorTex”ning Oʻzbekistonda shoʻba xoʻjalik jamiyati tashkil etiladi

“Oʻzbekkoʻmir” aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qildi.
Qarorga muvofiq:
• “ProgressGorTex” MCHJning (Rossiya Federatsiyasi) Oʻzbekistonda tashkil etiladigan shoʻba xoʻjalik jamiyati “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Oʻzbekkoʻmir” AJ ustav kapitalidagi 45 foiz miqdoridagi aksiyalari turkumining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etiladi;
• ishonchli boshqaruv davrida “Oʻzbekkoʻmir” AJning tashkiliy-huquqiy shakli aksiyadorlik jamiyati sifatida saqlab qolinadi.

 

OʻzA