Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani “Qoʻyboq” qishloq fuqarolar yigʻini “Jamansay” uchastkasida “Titan sement” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi tomonidan yiliga 200 ming tonna sement ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirildi. Loyihaning umumiy qiymati 37,8 million AQSH dollari.
– Mahalliy xomashyodan foydalangan holda yuqori markali sement ishlab chiqariladigan korxonamizda 200 dan ziyod kishi doimiy ish bilan taʼminlangan. Moʻynoq tumanidagi tabiiy koʻllarda oʻsadigan qamishdan yana bir qurilish materiali DSP ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishni rejalashtirganmiz, – deydi “Titan sement” qoʻshma korxonasi boshqaruvi raisi Baxtiyor Panayev.
Yangi loyihaning amalga oshirilishi yana 200 kishini ish bilan taʼminlash imkonini beradi.
Maqsad Habibullayev olgan suratlar, OʻzA