Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining hisobot-saylov konferetsiyasi oʻtkazilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida Xotin-qizlar qoʻmitasining 2014-2018 yillardagi faoliyati yakunlari va kelgusidagi vazifalari sarhisob qilinmoqda.
 
photo5256168375866992953.jpg
Tadbirda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva soʻzga chiqdi. Maʼruzachi asosiy eʼtiborni qoʻmitanmng ustuvor vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan “2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga qaratmoqda.
Taʼkidlanganidek, joriy yilning oʻzida xotin-qizlar qoʻmitalari va aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan 245 ming nafar ishsiz xotin-qiz bandligini taʼminlashga erishildi. Bu borada joylarda mahallalar kesimida xotin-qizlarning manzilli roʻyxatlari shakllantirilib, 2018 yilda 10 ming nafarga yaqin ogʻir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi taʼminlandi va ushbu maqsadlar uchun 38 mlrd. 261 mln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.
Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan foydalanilmay turgan korxonalar, boʻsh binolarni qayta taʼmirlash va ishga tushirish hisobiga 2018 yilning oʻtgan davri davomida 2 ming 346 ta kichik sex tashkil etilib, 16 ming nafarga yaqin ayolning bandligi taʼminlangan.
Anjuman oʻz ishini davom ettirmoqda.

 

Nasiba Ziyodullayeva, Temur Mamadaminov (surat), OʻzA