2019 yil 1 yanvardan xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

2018 yil davomida xalq taʼlim sohasida katta koʻlamdagi ishlar amalga oshirilgan boʻlsa ham, sohada amalga oshirilishi lozim ishlar koʻp.
2019 yilda ham qator vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.
2019 yil 1 yanvardan xalq taʼlimini rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi. Umumiy oʻrta taʼlimning oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan Davlat taʼlim standartlari oʻquv dasturlari va oʻquv rejalari qaytadan koʻrib chiqilib, takomillashtirilishi koʻzda tutilgan. Har bir hududda iqtidorli oʻquvchilar uchun Prezident maktablari tashkil etiladi. 2019 yildan boshlab, barcha sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy maktablar barpo etilishi boshlanadi. Jamiyatda oʻqituvchilarning nufuzini yanada oshirish maqsadida “Oʻqituvchi maqomi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ishlab chiqiladi. Taʼlim sifati yuqori boʻlgan namunali maktablar tarmogʻi yanada kengaytirilishi koʻzda tutilgan.

 

Dilobar Asliddin qizi, OʻzA