2019 yil 1 iyuldan yoʻl harakati qatnashchilari hujjatni mobil videokamerasiz olib borayotgan YPX xodimiga taqdim etmaslik, asossiz toʻxtatib turilmasligini talab qilish huquqiga ega.
Bu gapni ayni vaqtda “Taraqqiyot strategiyasi” markazida Adliya axboroti“ brifingi va matbuot anjumanida joriy yil 1 dekabrda qabul qilingan hukumatning ”Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorning muhim jihatlarini tushuntirishga qaratilgan matbuot anjumanida Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bosh inspektori Ilhom Idirov aytib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirda aytilishicha, YPX xodimi oʻz xizmat vazifalarini belgilangan ekiprofkada oshkora usulda amalga oshiradi hamda xizmatni yashirin olib borish taʼqiqlanadi.
Tadbir davom etmoqda.
Inobat Ahatova, OʻzA