“Cafe Scientifique Uzbekistan“ doirasida biznes uchrashuv

Poytaxtimizda 19 dekabr kuni Isroilning mamlakatimizdagi elchixonasi tashabbusi bilan “Cafe Scientifique Uzbekistan“ doirasida biznesni tashkil etishdagi Isroil tajribasiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtadi.
Unda Isroilning qator loyihalari ishtirokchisi, Mirzo Ulugʻbek nomidagi innovatsiya markazi direktorining Biznesni rivojlantirish masalalari boʻycha oʻrinbosari Bahodir Ayupov oʻzining kasbiy muvaffaqiyatlari va erishgan yutuqlari, Isroil davlatining rivojlanish strategiyasi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashadi.
Oʻzaro tajriba almashish va ilmiy mavzular muhokamasi asosida tashkil etiladigan tadbir Oʻzbekiston – Isroil hamkorlik munosabatlariga bagʻishlanadi.

 

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA