“El-yurt umidi” jamgʻarmasi faoliyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boshlandi

Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati ishtirokida “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqoti yuzasidan jamgʻarma faoliyati, tashkiliy ishlari va istiqbolli rejalar” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.
 
photo5249439682532583846.jpg
Eslatib oʻtamiz, Prezidentimiz farmoni bilan tashkil etilgan mazkur jamgʻarma magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha tanlov oʻtkazish va tayyorgarlikni tashkil qilish, shuningdek, davlat tuzilmasi, iqtisodiyot tarmoqlari, taʼlim va ilmiy muassasalarning istiqbolli mutaxassislarini rivojlangan mamlakatlardagi ilmiy va taʼlim muassasalariga malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazishga ham joʻnatadi.
Saytimizni kuzatib boring, tadbir tafsilotlari onlayn yoritib boriladi.

 

Inobat Ahatova, OʻzA