Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida “Turizmning mavsumiyligi: muammolar va ularning yechimi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va “Turizm olami” jurnali bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari,
Amerika savdo palatasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “Promarketing” biznes maktabi vakillari qatnashdi.
Qizgʻin bahs-munozaralarga boy oʻtgan davra suhbatida sohaga oid turli masalalar muhokama qilindi.
Xususan, Oʻzbekistonda turizmning mavsumiyligi, muammolar va ularning yechimi, ichki turizmni rivojlantirish mavzulari yigʻilganlar eʼtibor markazida boʻldi.
Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutaxassislar tavsiyasi tinglandi.