Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida boʻlib oʻtayotgan viloyat faollarining yigʻilishida bu masalaga oydinlik kiritdi.
– Aholining arzon uylarga boʻlgan talabini qondirish uchun 2018 yilda qishloq joylarda 3 mingdan ziyod, yoki oʻtgan yilga nisbatan ikki barobar koʻp arzon namunali uy-joy, shunindek, Qarshi shahrida jami 630 xonadonli 14 ta koʻp qavatli uy qurildi.
2019 yilda qishloq joylarda 1 ming 205 ta arzon namunaviy uy-joy, shaharlarda 14 ta koʻp qavatli uylar barpo etiladi, – dedi davlatimiz rahbari.
OʻzA