Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Anqara shahrida roʻy bergan poyezdlar toʻqnashuvi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga hamdardlik bildirdi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi.