ONLAYN. Ayni vaqtda poytaxtimizda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Koreya Respublikasining Geonji Daejin texnoparki hamkorligida Oʻzbekiston-Koreya toʻqimachilik texnoparki faoliyatiga bagʻishlangan biznes-brifing boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda Koreya texnoparkining delegatsiyasi vakillari, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, toʻqimachlik korxonalari va OAV vakillari ishtirok etyapti.
Brifing davomida koreyalik ekspertlar guruhi tomonidan ishtirokchilarga Toshkentdagi toʻqimachilik texnoparki faoliyati va vazifalari, mamlakat toʻqimchilik sanoatini rivojlantirishdagi oʻrni haqida maʼlumotlar taqdim etilmoqda.
Saytimizni kuzatishni davom eting.
Inobat Ahatova , OʻzA