Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashida “Mahalla iftixori” koʻkrak nishonini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.
Ushbu nishon qoraqalpogʻistonlik 14 nafar fuqaroga berildi.
– Mazkur nishon joylarda maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, millatlararo totuvlik va doʻstlikni mustahkamlash, fuqarolar yigʻinlari faoliyatini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fuqarolarga katta ragʻbat boʻldi, – deydi Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisi birinchi oʻrinbosari Tajibay Romanov.
Yesimxon Qanoatov, OʻzA