15 mingdan ortiq yoshlarni jamlagan festival

Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tuman va shaharlarida Bosh qomusimizning 26 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston yoshlari – yangi zamon bunyodkorlari!” shiori ostida yoshlar festivali oʻtkazildi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi tomonidan tashkil etilgan festival davomida “Yoshlar bilan ochiq suhbat”, “Karyera kuni”, “Kelajak bunyodkorlari”, “Muvaffaqiyatga erishish sirlari”, “Agrosayohat”, “Biznes sayohat” kabi loyihalar, “Farzandlik burchim” nomli patronaj yoshlar loyihasi, “Yoshlar spartakiadasi” sport musobaqalari, “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari – matonatli yoshlarning hayot maktabi” tushunchasini targʻib qiladigan ommaviy tadbirlar, “Mustahkam oila siri”, “Kelajak fermeri”, “Muzeyga sayohat” singari qator tadbirlar tashkil qilindi.

33.JPG

– Festival doirasida oʻtkazilgan 425 ta tadbirda 15 mingdan ortiq yoshlar qatnashdi, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi kengashi raisi A.Doniyorov. – Xususan, “Karyera kuni” loyihasi doirasida yoshlarni ish bilan taʼminlash masalalari koʻrilib, unda koʻplab yoshlarning bandligi taʼminlandi. “Kelajak bunyodkorlari” loyihasi doirasida esa 2016-2018 yillarda turli darajadagi davlat mukofotlariga ega boʻlgan yoshlarning ishlarini tengdoshlari oʻrtasida targʻib qilish maqsadida koʻplab uchrashuvlar oʻtkazildi. Tajribali tadbirkorlar ishtirokida oʻz biznesini boshlash istagida boʻlgan yoshlar uchun “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida mahorat darslari tashkil etildi.

“Yoshlar spartakiadasi” doirasida sportning marafon, mini-futbol, basketbol, voleybol, shaxmat-shashka, stol tennisi, badiiy gimnastika turlari boʻyicha 51 ta sport musobaqasi oʻtkazilib, ularda 4 ming 600 dan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

16.JPG

10.JPG
Festival doirasida Nukus shahar “Yoshlar markazi”da tashkil etilgan “Boʻlajak kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da “Mustahkam oila siri” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Unda soha vakillari, yosh oilalar vakillari qatnashdi. Shuningdek, ijtimoiy faol 48 yosh oilaga Nukus shahrida yangidan qurilgan “Yoshlar uylari” tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir yakunida sanʼat ustalari ishtirokida gala-konsert namoyish etildi.

 

Yesimxon Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA