Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining navbatdagi yigʻilishidajamoat fondi tomonidan davlat granti ajratish boʻyicha oʻtkazilgan tanlovlarga kelib tushgan loyihalarning natijalari boʻyicha Parlament komissiyasi ishchi guruhining hisoboti tinglandi.

Davlat granti ajratish boʻyicha oʻtkazilgan 2 ta tanlovga jami 244 NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlaridan 278 ta loyiha qabul qilingan. Birinchi tanlov natijalariga koʻra, NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining muhim ijtimoiy ahamiyatga ega va gʻolib deb topilgan 35 ta loyihasi 1 milliard 50 million soʻmga qoʻllab-quvvatlanishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Ajratilgan grantlar hisobidan Oʻzbekistonda yashab kelayotgan turli millat va elatlarning anʼanalari, urf-odatlari, udumlarini saqlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlik, birdamlikni yanada mustahkamlash, konfessiyalararo totuvlikni taʼminlash hamda yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari oʻrtasida “Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” shiori ostida tanlovlar tashkil etiladi.

Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi qabul qilinganligining

70 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekistonda inson huquqlari – oliy qadriyat” mavzusida qoʻshimcha eʼlon qilingan davlat granti tanlovi boʻyicha NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 20 ta ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari moliyalashtiriladigan boʻldi.

Tadbirda parlament komissiyasi tomonidan joriy yil uchun qoʻshimcha yana 3 ta davlat granti tanlovlari eʼlon qilindi. Shuningdek,oʻtgan davr mobaynida davlat ijtimoiy buyurtmasini olgan NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining hisobotlari tinglandi.

 

Mohigul Qosimova, OʻzA