Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining bir qator mansabdorlik jinoyatlari fakti yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga koʻra, tergov harakatlari davomida Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori R.I., agentlik direktori oʻrinbosari U.N., agentlik boʻlim boshligʻi A.A. va shoʻba mudiri O.M.larga 2018-yil 16-noyabrda ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov siri nuqtai nazaridan ish yuzasidan boshqa maʼlumotlarni oshkor qilish maqsadga muvofiq emas, deb topilgan.

 

OʻzA