Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali vakillari Belorussiya davlat texnologiya universitetiga tashrif buyurdi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, yurtimiz vakillari Belorussiya davlat texnologiya universitetining kafedra va boʻlimlari, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgach ikkala universitet rahbarlarining muloqoti tashkil etildi.
Muloqot davomida istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yoʻlga qoʻyish, oʻquv jarayoniga xalqaro taʼlim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar, taʼlim dasturlari va oʻquv-metodik materiallarni keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali professor-oʻqituvchilar va olimlarni jalb etish toʻgʻrisida fikr almashilib, taʼlim dasturlarini tashkil qiladigan modellar koʻrib chiqildi hamda ikki universitetning professor-oʻqituvchilar tarkibining malaka oshirish boʻyicha maqsad va vazifalari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida kelgusidagi hamkorlik aloqalarini keng yoʻlga qoʻyish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi