Maxsus veb-ilova orqali qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisi amalga oshiriladi

Uyushgan birjadan tashqari bozorda qimmatli qogʻozlarning oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlar Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi, deb xabar bermoqda vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali.
Oʻzgartirishlarga asosan nizomning tatbiq etiluvchi qimmatli qogʻozlar jumlasiga infratuzilma obligatsiyalari ham qoʻshildi.
Mijoz depozitariysi tushunchasi bekor qilinib, mijozga brokerlik va depozitar xizmatlar koʻrsatuvchi investitsiya vositachisi mijoz investitsiya vositachisi etib belgilandi.
Mijoz qimmatli qogʻozlarni sotib olish yoki sotishga buyurtmalarni maxsus veb-ilova orqali topshirishi mumkinligi belgilab qoʻyildi.

 

OʻzA