Xayriya toʻplash oʻn kunligi eʼlon qilindi

2018 yilning 26 noyabridan – 6 dekabrigacha Oʻzbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati Toshkent shahar tashkiloti jamgʻarmasiga xayriya toʻplash oʻn kunligi eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Unga koʻra, xayriya hisobidan aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj yakka-yolgʻiz keksa qariyalar, nogironlar, surunkali kasallar, koʻp farzandli kam taʼminlangan oilalarga, shuningdek, turli tabiiy va texnogen ofatlarda jabrlanganlarga insonparvarlik yordamini koʻrsatish koʻzda tutilgan.
Xayriya toʻplash oʻn kunligi davomida jamiyatning boshlangʻich tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, xodimlarni jamoaviy aʼzolikka jalb etish va aʼzolik markalarini tarqatish ishlari ham olib boriladi.

 

OʻzA