Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi kun tartibidagi masalalar nimalardan iborat?

Samarqand shahrida davom etayotgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumining 23 noyabrda tashkil etiladigan yalpi majlisi bu boradagi xalqaro tajriba va amaliyot muhokamasiga bagʻishlanadi.
Inson huquqlarini toʻlaqonli taʼminlashda milliy institutlarning davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan inson manfaatini himoya qilish, unga rioya etilishini taʼminlashdagi oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega.
Samarqand shahrida davom etayotgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumining 23 noyabrda tashkil etiladigan yalpi majlisi bu boradagi xalqaro tajriba va amaliyot muhokamasiga bagʻishlanadi.
Unda Inson huquqlari boʻyicha Moʻgʻuliston milliy komissiyasi bosh komissari Yamsran Byambadorj, Qirgʻiziston Ombudsmani Tokon Mamitov, Inson huquqlari boʻyicha Indoneziya milliy komissiyasi raisi Ahmad Taufan Damanik, Inson huquqlari boʻyicha Oman sultonligi qoʻmitasi aʼzosi Isʼhoq bin Jumma al-Xarusiylar maʼruza qiladi.

 

Ulugʻbek Shonazarov, OʻzA​​