Solari “Real“da ajoyib koʻrsatkichga erishmoqda

Xulen Lopetegining isteʼfosidan soʻng, “galaktikos“ni kim boshqarishi bir muddat soʻroq ostida turdi.
Baʼzi nashrlar Konteni bosh murabbiy qilib qoʻygan boʻlsa, boshqalari Vengerni eng munosib deya baholadi. Ammo Peresning rejasi boshqacharoq chiqdi.
“Real Madrid“ prezidenti tavakkalga qoʻl urib, ikkinchi jamoa – “Kastilya“ bosh murabbiysini asosiy klubga oʻtkazdi. Hozircha Santyago Solari uning ishonchini toʻla oqlashga erishmoqda.
Solari “qaymoqranglilar“ bilan 4 ta uchrashuv oʻtkazib, ularning barchasida gʻalabaga erishdi. Bahslarning ikkitasi La Liga doirasida “Valyadolid“ (2:0) hamda “Selta“ (4:2) bilan, bittasi kubok bahslarida “Melilya“ (4:2) bilan yana biri esa Chempionlar ligasi doirasida oʻtkazilgan boʻlib, unda “Viktoriya Plzen“ (5:0) bilan oʻtkazilib, Santyago shogirdlari bahslarning barchasida gʻalaba qozongan. “Real“ ushbu uchrashuvlarda 15 ta gol urib, 2 ta gol oʻtkazib yuborgan.
Eslatib oʻtamiz, Solariga Florentino Peres tomonidan jamoani yuqori oʻrinlarga olib chiqish uchun 15 kun muhlat berilgani aytilgan edi. Bugungacha Solari oʻziga belgilangan muddatni aʼlo darajada oʻtkazdi deb aytish mumkin.

 

O’zA