Eshitdingizmi? Xorijiy valyutani bankomatga qoʻyasiz va … soʻmga ayirboshlanadi!

Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish maqsadida respublika boʻylab 24/7 rejimida, kechayu kunduz, xodimsiz uzluksiz xizmat koʻrsatadigan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish shoxobchalarini ishga tushirayotganligi avval xabar berilgan edi.
photo5397690318524098970.jpg
Bank tomonidan yana bir qulaylik yaratildi – Toshkent shahridagi “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin hududda joylashgan 24/7 shoxobchasida avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi bankomat toʻliqishga tushirildi.
Endilikda mazkur shoxobchadagi bankomat orqali fuqarolar, turistlar kechayu kunduz, kunning istalgan vaqtida AQSH dollarini ayirboshlashi mumkin!
Bank tomonidan yana 19 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash imkonini beruvchi shunday bankomatlar xarid qilingan boʻlib, yaqin kunlarda respublikaning turli hududlarida joylashgan 24/7 rejimida ishlaydigan shoxobchalarda ishga tushiriladi.
Eslatib oʻtamiz, ATB “Qishloq qurilish bank”ning 24/7 shoxobchalari zamonaviy bank xizmatlarini koʻrsatuvchi bankomatlar, infokiosk, infomonitor va “Internet banking” xizmatidan foydalanuvchi yuridik shaxslar, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat koʻrsatuvchi klaviaturali infokiosk qurilmalari bilan jihozlangan.
“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!
Maʼlumot uchun:
 
Telefon: 71 150-93-39
 
Veb-sayt: www.qqb.uz
 
 

 

OʻzA