Folklor ekspeditsiya guruhi Qozogʻistonga safar uyushtirdi

Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili doirasida Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti vakillaridan iborat delegatsiya 25-29 oktyabr kunlari Qozogʻiston Respublikasining Turkiston viloyatida xizmat safari bilan boʻlib qaytdi.

Mazkur folklor ekspeditsiya guruhi qoʻshni davlatda istiqomat qilayotgan oʻzbeklar xalq ogʻzaki ijodini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazdi. Ushbu tadbir qardosh davlatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini mustahkamlash, madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadiga xizmat qiladi.

7.jpg

OʻzA