2021 yil Luvrda oʻtkaziladigan “Ipak yoʻlidagi sivilizatsiya va madaniyatlar” koʻrgazmasi uchun Oʻzbekiston muzeylaridan eksponatlartanlanmoqda.
Unda Oʻzbekiston Davlat sanʼat muzeyida saqlanayotgan toʻrtta qadimiy topilmalar ishtirok etishi aniqlandi.
Sizda ular qaysilar degan haqli savol tugʻilgan boʻlsa kerak. Vaholanki, yurtimizning qadimiy yodgorliklari shu qadar koʻpki, ularning har biri mazkur muzeyni bezab, dunyo ahliga koʻz-koʻz qilishga arziydi.
Shunday boʻlsada eng qadimiylari tanlab olindi.
Bu mamlakatimizning antik davriga xos sanʼat asari boʻlib, miloddan oldingi birinchi asrga tegishli. U Xolchayon saroyidan topilgan boʻlib, qizil va oq rangdagi loydan yasalgan keksa erkakning bosh qismi. Mazkur saroy hozirgi Surxondaryo viloyatining hududiga toʻgʻri keladi.
Ikkitasi esa yettinchi asrga xos boʻlib, Fargʻonaviloyatining Quva shahridagi budda ibodatxonasidan topilgan. Mahaliy haykalttaroshlaryaratgan jahldorlik xudosi -peshonasida odam skleti oʻrnatilgan boʻlib, qoʻrqinchli tarzda ishlangan. Loydan yasalgan yana bir haykalda yovuzlikning aksi boʻlgan Ezgulik xudosi tasvirlangan. U uch koʻzli boʻlib, peshonasidagi koʻz oʻrni donishmandlikmaʼnosini beradi. Ular bitta hududda bir davrda yaratilgan.
Koʻpchilikda qiziqish uygʻotadigan ov manzarasi aks etgan eksponat ham Luvrga boradi. UBuxoroning Varaxshasidan topilgan boʻlib, yozgi saroyningdevoridan olingan boʻlak. Devorga chizilgan bu suratda-oʻrtada fil, ikki chetda yoʻlbarslar, fil ustida hukumdor, uning yonida xizmatkor tasvirlangan. Nomaʼlum rassom chizgan bu suratda bizning hududlarda uchratish qiyin boʻlganhayvonlar aks ettirilgani uchun u tasavvurga tayangan holda chizilgan boʻlsa kerak degan taxminlar bor. Surat tagidagi naqsh elimentlari juda oddiy boʻlib, u yurtimizda paydo boʻlgan dastlabki naqshlardan hisoblanadi.
Shu oʻrinda Luvr muzey va undagi bizga tegishli boʻlgan tarixiy yodgorliklar haqida qisqacha maʼlumot.
Uning eksponatlari 6 ta kolleksiyaga ajratilgan. Sharq kolleksiyasining oʻzi 24 ta zalni egallagan. U yerda mamlakatimiz tarixiga oid minglab ashyolar bor. Jumladan, Amir Temur bobomizning Qirol Sharl VIga yozgan maktubi, Ahmad Yassaviy maqbarasi uchun Sohibqiron yasattirgan shamdonlardan biri, qadimiy qurol-aslahalar, qabrtoshlardagi bitiklar va boshqa buyumlar buyuk oʻtmishdan soʻzlaydi.
Dunyodagi eng mashhur muzeylardan biri boʻlmish Luvr Fransiyaning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”dir. U badiiy kolleksiyasi boʻyicha jahonda birinchi, maydonining kattaligi boʻyicha ikkinchi oʻrinda turadi.