Rossiya dollardan voz kechadimi?

Rossiya Federatsiyasi hukumati dollardan butunlay voz kechishni kun tartibidagi masala sifatida muhokama qilmaydi.
“REGNUM“ xabariga koʻra, hukumatda Rossiya iqtisodining dollarga bogʻliqlik darajasini pasaytirish muhokama qilinmoqda. Lekin bu holat mamlakat miqyosida dollarning erkin muomalada boʻlishiga nisbatan biror bir taqiqni anglatmaydi. Bu haqda hukumat matbuot xizmati maʼlumot bergan.
Taʼkidlanishicha, hukumatning iqtisodiy bloki tomonidan mamlakatning Yevropa Ittifoq, YEOIH va Xitoy bilan munosabatlardagi hisob-kitoblarda milliy valyutaga oʻtish masalasiga oid tizim yaratish ustida ish olib borilmoqda.

 

OʻzA