Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklarining qiymati 1 milliard dollarga teng toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tashkil etiladi

Avval xabar berilganidek, bugun poytaxtimizda Oʻzbekiston – Birlashgan Arab Amirliklari biznes-forumi tashkil etildi. 
 
photo5307979236373539190.jpg
Mamlakatimiz vazirlik va idoralari rahbarlari, viloyat hokimliklari, “Oʻzbekenergo“ AJ, “Oʻzbekneftgaz“ AJ, “Oʻzqurilishmateriallari“ AJ, “Oʻzeltexsanoat“ AK, “Oʻzbekoziqovqatxolding“ XK, “Oʻzagrotexsanoatxolding“ XK hamda BAA savdo-sanoat palatalari, ishbilarmon ayollar Kengashi aʼzolari, “VPS Healthcare”, “Vision Investment Services Co”, “International Holdings Company PJSC” kabi yetakchi kompaniyalar vakillari ishtirokida oʻtgan tadbirda tomonlar iqtisodiyotning qator sohalari boʻyicha istiqboldagi hamkorlik kelishuvlarini imzoladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Sarvar Hamidovning aniqlik kiritishicha, ikki davlat ishbilarmon doiralari erishgan hamkorlik kelishuvlari muqobil energetika, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmalarni rivojlantirish, bunyodkorlik kabi sohalar boʻyicha. Shuningdek, tomonlar imzolagan asosiy bitimga koʻra, Oʻzbekiston-Birlashgan Arab Amirliklarining qiymati 1 milliard dollarga teng toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi tashkil etiladi.

 

Malohat Husanova, OʻzA