Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti va Qozon Federal universiteti hamkorligi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga Qozon federal universiteti rektori professor Ilshat Rafkatovich Gafurov va (prorektorlari) direktorlari 27-30 sentyabr tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar 100 yillik tarixiga ega universitet va uning fakultetlari bilan yaqindan tanishishdi.

Yuqori texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, bu yerdagi jihozlar va talabalarning ilmiy ijod qilish salohiyatlarini koʻzdan kechirdi. Biologiya va kimyo fakultetining qator olimlari va talabalar bilan uchrashdi va qizgʻin suhbatlar boʻlib oʻtdi. Mazkur taʼlim muassasalari oʻrtasidagi uch kunlik muzokarada ilmiy hamkorlik va qoʻshma fakultet ochish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiyasi vakillari fizika, matematika, iqtisod kafedralariga tashrif buyurib u yerdagi faoliyatlarni oʻrgandi. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsiya Vazirligi qoshidagi ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va innovatsion texnologiyalar markazi faoliyati bilan tanishib bu yerdagi yosh olimlar bilan fikr almashdi.

28-sentyabr kuni universitet rahbariyati va Qozon federal universiteti vakillari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatda ikki OTM vakillari tomonidan universitetlar faoliyatlari haqida maʼlumot berdi. Kelajakda salohiyatli kadrlar tayyorlashdagi hamkorlikni yanada izchil yoʻlga qoʻyish choralari, maʼlumot va adabiyot almashish yoʻllari haqida kelishib olindi.

photo5289816708736985539.jpg

photo5292285331384674989.jpg
Tadbir doirasida QFUning Oʻzbekiston Milliy universitetida ofisi ochilgani katta ahamiyat kasb etdi. Endi ushbu ofisdan ikki muassasa hamkorligidagi faoliyatlari haqida barcha maʼlumotlarni topish mumkin. Shuningdek, bu yerda Rossiyada oʻqishni davom ettirishni xohlagan yoshlarga maslahat va yoʻllanmalar ham beriladi.

Tataristonlik delegatsiya aʼzolari 27-30 sentyabr kunlari taʼlim va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida Namangan texnika universiteti va Samarqand davlat universiteti rektorlari bilan ham uchrashdi. Muzokaralarda oʻzaro hamkorlik va aloqalarni yuqori bosqichga koʻtarish masalalari oʻrtaga tashlandi.

Qozon universitetining olimlari oʻzbekistonlik yosh olimlar tomonidan geologiya, kimyo va fizika sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar va ilmda erishayotgan yutuqlarini yuqori baholadi.

 

Dilobar Mamatova, OʻzA