“Islomxoʻja” – Vashingtonda

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi maʼlumotiga koʻra, AQSH poytaxti Vashingtonda mazkur agentlik buyurtmasi boʻyicha suratga olingan “Islomxoʻja” badiiy-publitsistik kartinasining premyerasi boʻlib oʻtdi. 
XIX asr oxiri va XX asr avvalida Xiva xonligi voqealari haqida hikoya qiluvchi ushbu film tarixiy shaxs Islomxoʻja hayoti, faoliyati, uning taqdiridagi sirlarni oshkor etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Kartinaning postanovkachi rejissyori Jahongir Ahmedov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov. Kartinadagi rollarni Ulugʻbek Qodirov, Alisher Uzoqov, Asal Shodiyeva, Matyoqub Matchonov va boshqalar ijro etgan.

 

OʻzA