Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tarkibidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Ashxobod shahrida (Turkmaniston) boʻlib oʻtgan “Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish: YEXHT hududidagi ilgʻor tajriba” mavzusidagi Oʻrta Osiyo mintaqaviy seminarida ishtirok etdi.
Seminarda Oʻrta Osiyo mintaqasidagi mamlakatlarning (Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Oʻzbekiston) moliyaviy razvedka boʻlinmalari hamda tezkor-tergov organlari vakillari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi Guruhning (FATF) terrorizmni moliyalashtirishga hamda ommaviy qirgʻin qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha asosiy standartlari, mazkur sohada Yevropa ittifoqi davlatlarining tajribasi, “kriminal razvedka” va “moliyaviy taftish”ning xususiyatlari, daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga milliy baho berishning muhim jihatlari bilan tanishdilar, shuningdek, moliyaviy razvedka boʻlinmalari va tezkor-tergov organlarining oʻzaro hamkorligi va boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi.
OʻzA