Toshkentda Oʻzbekiston – Britaniya taʼlim sohasidagi hamkorlik delegatsiyasining tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda Buyuk Britaniya Kengashining vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan delegatsiya tashrifidan koʻzlangan maqsad taʼlim tizimida hamkorlikni yanada samarali yoʻlga qoʻyishdir.

Delegatsiya aʼzolarining fikricha, Oʻzbekiston aholisi tez oʻsib borayotgan, jadal rivojlanayotgan mamlakat sanalib, Markaziy Osiyoda taʼlim sohasiga eng koʻp sarmoya yoʻnaltirayotgan davlat. Shuningdek, Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda Innovatsion rivojlanish, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Maktabgacha taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari va mamlakatimizdagi nufuzli milliy va xalqaro universitetlar bilan hamkorlik qilishga tayyor.

 

Muhayyo Toshqorayeva, OʻzA