Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida bir qator xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishga oid masaalalar ham koʻrib chiqildi.
Jumladan, senatorlar “Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999 yil 7 noyabr, 2017 yil 7 may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Islom hamkorlik tashkiloti Ustaviga kiritilgan tuzatishni (Abidjan, 2017 yil 10-11 iyul) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi, “Parij bitimini (Parij, 2015 yil 12 dekabr) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunlarni koʻrib chiqdilar.
Qonunlar senatorlar tomonidan maʼqullandi.
OʻzA