Janob Lui Teylor hamkorlik qilishga tayyor

Joriy yilning aprel oyida Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Britaniyaning eksport moliyalashtirish agentligi (UKEF) oʻrtasida mamlakatimiz neft va gaz sanoati sohasidagi investitsion loyihalarni 1,25 milliard funt sterling miqdorida moliyalashtirish boʻyicha memorandum imzolangan edi.
 
01.jpg
Mazkur ishlar davomi oʻlaroq, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati Britaniyaning eksport moliyalashtirish agentligi bosh ijrochi direktori janob Lui Teylor bilan oʻtkazilgan uchrashuvda UKEFning aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan investitsion loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha ishtiroki muhokama etildi.
Unda jamiyat faoliyati, neft va gaz sanoatidagi investitsion loyihalar haqida maʼlumotlar taqdim etilar ekan, bunda tomonlar Buyuk Britaniyaning UKEF agentligi moliyalashtirishni taʼminlashning asosiy tartib va talablari haqida ham soʻz yuritildi.
Yakunda ikki tomon qoʻshma rejalarni amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlar borasida kelishib oldi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA