Senat yalpi majlisida “Iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlik rivojlantirilishiga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni koʻrib chiqildi.
Qonunda “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga banklar tomonidan mikroqarz berish normasini mustahkamlovchi qoʻshimcha kiritish nazarda tutilmoqda.
Mikroqarz banklar va mikrokredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga eng kam ish haqining yuz barobari miqdoridan oshmaydigan summada toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida 1 yilgacha boʻlgan muddatga beriladi. Jismoniy shaxslarga beriladigan ushbu mikroqarz, eng avvalo, xalqimiz ehtiyojlarini qondirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, fuqarolarning moliyaviy xizmatlardan foydalanishini taʼminlash va eng asosiysi, aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
N.Nasriyev, OʻzA