Sirdaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs ushlandi

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni nomaʼlum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan “Tadbirkor” MFY hududida yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, oʻlimiga sababchi boʻlib, voqea joyidan ketib qolgani va uni qidirib topish choralari koʻrilgani haqida avval xabar bergan edik.
IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, fuqarolarning bergan muhim maʼlumotlari va ichki ishlar organlari xodimlarining sayʼi-harakatlari tufayli ushbu yoʻl-transport hodisasini sodir etgan shaxs maʼlum boʻlgan.
Unga koʻra Sirdaryo tumanida yashovchi I.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan jinoyat ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

O’zA