Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga keldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Tojikistonga keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon kutib oldi.
Tashrif doirasida bugun Dushanbe va Tursunzoda shaharlarida qator tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Saytimizni kuzatib boring.

 

Alouddin Gʻafforov, OʻzA